Joriy yilning 14-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xalqaro TOP 1000 talik reytingdan 640 o‘rinda turuvchi Savitribai Phule Pune universiteti mutaxassislari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan xalqaro reytinglarda ishtirok etish va yuqori natijalarga erishish yuzasidan mahorat darslari o‘tkazildi hamda qator takliflar bildirildi.
Shundan so‘ng, institut faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi. Bu orqali mehmonlar institut bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvdan so’ng institutning yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosi va klinikasiga ekskursiya tashkil etildi. Institut rektori ushbu manzillarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.