Andijon davlat tibbiyot institutida Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi 17-son qaroriga muvofiq texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2024/2025-o‘quv yili uchun institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Imtihon natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: Texnikum mandat
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlab institutning asosiy o‘quv binosida joylashgan qabul komissiyasi a’zolariga kerakli hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi.
Manzil: Andijon shahar, Y.Otabekov ko‘chasi 1-uy.