ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH – BARCHANING BURCHI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH – BARCHANING BURCHI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

11:14 03.10.2025

Bugun, 3-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi ongni oshirish, bu illatga qarshi birgalikda kurashish masalalariga bag‘ishlangan “Giyohvandlikka qarshi kurashish – barchaning burchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov hamda Andijon shahar IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, kapitan F. Sharofiddinov so‘zga chiqib, giyohvandlikning jamiyatga ta’siri, qonuniy chora-tadbirlar hamda profilaktika yo‘llari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti Psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent A.Mirzayev va kafedra assistenti I.Kozimjonova o‘z ma’ruzalarida giyohvandlikdan himoyalanish, kasbiy va shaxsiy javobgarlik, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

Tadbirda institut talabalarining faol ishtiroki kuzatildi, ular o‘z savollari va fikr-mulohazalari bilan mavzuga jonli qiziqish bildirishdi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi — giyohvandlik illatining oldini olishda har bir insonning mas’uliyatini anglash va sog‘lom, xavfsiz jamiyat barpo etishga hissa qo‘shishdir.

Skip to content