Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, magistrlar va talabalar!
2019-yil 6-dekabr kuni Muhtaram Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasi» to‘g‘risidagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida «Tibbiyotda innovatsiyalar» mavzusida ilmiy-amaliy videokonferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiya rus, o‘zbek, ingliz tillarida o‘tkaziladi.
Videokonferensiyaga yosh olimlar, magistrlar va talabalarning tezislari qabul qilinadi. (muallif yoshi tezis berilayotgan vaqtida 35dan yuqori bo‘lmasligi kerak). Ilmiy ishlarni tanlab olishda ularning dolzarbligiga, maqsad va vazifalarning aniq belgilanganligi va xulosalarning isbotlanganligi hamda boshqa bir qator jihatlarga e’tibor qaratiladi.
Tezislar va maqolalarni qabul qilish muddati joriy yil 25 noyabrgacha. Ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng kelgan ilmiy ishlar qabul qilinmaydi!
Anjumanda ishtirok etish shakllari quyidagicha: tezis va maqolalar chop etish, taqdimot bilan ishtirok etish, anjuman ishlarida qatnashish, Vorkshopda qatnashish.
Konferensiyada 1-, 2-, 3–darajali diplomlar hamda «Eng yaxshi taqdimot», «Eng yaxshi innovatsion g‘oya», «Eng yaxshi maqola», «Eng faol yosh olim» nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
Videokonferensiya doirasida Yosh olimlar Kengashining faol a’zolaridan tashkil topgan anesteziologlar, reanimatologlar va intensivistlar klubi tomonidan institutda “workshop” bo‘lib o‘tadi, “Workshop” har qanday holatda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga bag‘ishlangan bo‘ladi.
“Workshop” yakunida “SOG‘LOM HAYOT” deb nomlangan
intellektual o‘yin o‘tkaziladi, G‘oliblar sovg‘alar va
diplomlar bilan taqdirlanadilar.
Tashkiliy qo‘mita: Andijon davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, YU.Atabekov ko‘chasi 1- uy.
Murojaat uchun: Email:innomedasmi@mail.ru Telegram: @innomedasmi +99894 1027707, +99894 7849777; +998 91 4983860
Rasmiy kanal: innomedasmichannel
ANJUMANDA FAOL ISHTIROK ETING VA G‘OLIBLIKKA ERISHING!