Bugun, 2019-yil 29- iyul kuni mamlakatimizda 2019-2020- o’quv yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Ana shu munosabat bilan viloyatimizdagi kirish imtihonlari o’tkaziladigan hududlarda abiturientlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar – jumladan, imtihon jarayonini to’g’ridan-to’gri onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratildi (test2019.uz), shuningdek, ovqatlanish, savdo va dam olish shoxobchalari tashkil etildi.
Test sinovlarini tartibli, adolatli va shaffof tarzda o’tkazilishi uchun mutaxassislardan iborat ishchi guruhlari faollik bilan ish olib bormoqda.