alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AKADEMIK LITSEYDA GʻAZALXONLIK KECHASI

18:25 11.02.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuni munosabati bilan “Ikki oqar daryo-Amu bilan Sir, birisi Navoiy, birisi Bobur” nomli maʼnaviy-maʼrifiy  tadbir tashkil qilindi. Tadbirni akademik litsey direktori F.Ahmedova ochib berdi va allomalarimizning hayoti va ijodiga alohida toʻxtalib, ular nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo ijodkorlarining yetakchi vakillaridan ekanligini, ularning yozib qoldirgan maʼnaviy meʼrosi bugungi kun yosh avlod vakillarining kamol topishi uchun ham dastur boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.

Tadbirda institut ona tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Qoʻziboyeva, akademik litsey ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Sh.Ishanchayeva, toʻgarak rahbari G.Sohibovalar esa Alisher Navoiyning hayot yoʻli, asarlarining yaratilish tarixi kabi bir qator qiziqarli maʼlumotlarni berdilar.Shundan soʻng akademik litseyning iqtidorli oʻquvchilari tomonidan shoirlar qalamiga mansub gʻazallar, qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari ijro etildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga akademik litsey maʼmuriyati tomonidan tashakkurnoma va estalik sovgʻalari topshirildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!