Skip to content ANATOMIYA VA GISTOLOGIYA BO‘YICHA II XALQARO OLIMPIADA, “MORFOLOGIYA BAYRAMI” – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANATOMIYA VA GISTOLOGIYA BO‘YICHA II XALQARO OLIMPIADA, “MORFOLOGIYA BAYRAMI”

17:14 28.04.2025

Andijon davlat tibbiyot institutida institutning 70 yilligiga bag‘ishlangan Anatomiya va Gistologiya bo‘yicha II Xalqaro olimpiada, “Morfologiya bayrami” bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya Federatsiyasi, Qozogʼiston, Qirg’iziston Respublikasidan va mamlakatimizdagi tibbiy OTMlaridan umumiy hisobda 10 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Olimpiada rus va ingliz tilida bo’lib o‘tmoqda. Xorijiy mamlakatlardan Olimpiada uchun 14 nafar yetakchi morfologlar xay’at a’zolari sifatida qatnashmoqda.

Olimpiada ochilish tadbirini institut rektori M.Madazimov ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Dastlabki tanishtiruv shartida ishtirokchilar videorolik orqali jamoa tarkibini tanishtirib o‘tdilar. Ikkinchi  savol-javob shartida esa talabalar Anatomiya va Gistologiya fanlari bo‘yicha berilgan savollarga chaqqonlik bilan javob berdilar. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning 70 yilligiga bag‘ishlangan Anatomiya va Gistologiya bo‘yicha II Xalqaro olimpiada, “Morfologiya bayrami” jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, institutning anatomiya muzeyi, Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasining moddiy-texnik bazalari jixozlarini ko‘zdan kechirdi.  O‘rganishlar natijasida rektor kafedra imkoniyatlarini yanada kengaytirish, talabalarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro olimpiada ertaga, 29-aprel kuni ham davom etadi. Unda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarda bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini namoiyish etadilar.