Kerakli adabiyot yetarli boʻlsa oʻquvchi oʻz maqsadiga oson yetishadi, izlanish va harakatdan toʻxtab qolmaydi.
Mana shu maqsadni koʻzlagan Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan Anatomiya va klinik anatomiya kafadrasi uchun “Kitob insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasi” mavzuida kitoblar taqdimoti oʻtkazildi. Unda professor-oʻqituvchilar va talabalarga markazdagi anatomiya va klinik anatomiya fanlariga oid 34 nomda oʻzbek, rus va ingliz tilidagi va 13 nomda yangi adabiyotlar va jurnallar taqdim etildi. Talabalarga esa kerakli adabiyotlar boʻyicha maʼlumotlar berildi.