Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

07:15 10.11.2024

Assalomu alaykum, hurmatli shifokorlar, muhtaram soha faxriylari!

Avvalo, xalqimiz salomatligini asrashdek masʼuliyatli va sharafli yo‘lda o‘zini ayamasdan, fidokorona mehnat qilayotgan siz, azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Albatta, barcha kasblar birdek masʼuliyatli, biroq shifokorlik esa talabchanlikni va hushyorlikni talab etadi. Shu bilan bir qatorda eng savobli kasb ham bu shifokorlik. Boisi, hayot uchun kurashayotgan bemorning dardiga davo bo‘lish, ilinj bilan boqib turgan uning yaqinlariga umid bag‘ishlash, “raxmat” so‘zidan rohatlanish zavqini birgina tibbiyot xodimi qalban his qila oladi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda har bir fuqaro uchun yuqori sifatli va malakali tibbiy xizmat tizimini yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutida ham tibbiyot va taʼlimni rivojlantirish yo‘lida bir qator samarali ishlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Malakali tibbiyot xodimini shakllantirishda oliy taʼlim muassasasining ahamiyati yuqori.

Maʼlumki, 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab “Fundamental tibbiyot” yo‘nalishida ham talabalarga taʼlim berib kelinmoqda. Shuningdek, zamonaviy yangi o‘quv binolari qatorida Markaziy ilmiy-tekshirish labaratoriyasi hamda institut klinikasi qurib bitkazilmoqda. Bu esa Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari aholisining uzog‘ini yaqin qiladi. Xorijda malaka oshirib qaytayotgan shifokorlarimiz esa eng murakkab jarrohlik amaliyotlarini shu yerning o‘zida amalga oshiradilar. Bu jarayonlar esa allaqachon boshlab yuborilgan va o‘z ijobiy natijasini ham ko‘rsatmoqda. Misol uchun, buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotlari, ochiq yurakda o‘tkaziladigan murakkab kardiojarrohlik, qon-tomirga stend qo‘yish, spinal jarrohlikda yuqori texnologik operatsiyalar, endoxirurgik, endourologik, laporaskopik, rekonstruktiv plastik operatsiyalar ham bir necha bor muvafaqqiyatli amalga oshirildi. Albatta, bu jarayonlar faol davom etmoqda.

Aziz hamkasblar, tibbiyot xodimlari va talaba-yoshlar!

Sizlarni, Sog‘liqni saqlash sohasini tezkor va samarali islohotlar jarayonida o‘z zimmangizdagi masʼuliyatni sharaf bilan ado etish uchun bor bilim va mahoratingiz, salohiyat va tajribangizni namoyon etishingizga ishonaman.

Barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Hamisha sog‘-omon bo‘ling!

 

Skip to content Click to listen highlighted text!