alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA QUYOSH PANELLARI O‘RNATISH ISHLARI BOSQICHMA-BOSQICH AMALGA OSHIRILMOQDA

10:16 24.02.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 10-iyun kuni “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tegishli bayonida yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, institutning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini elektr energiya bilan ta’minlaydigan quyosh panellari hamda mikro GESlar yordamida to‘ldirish uchun rejali ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirga qadar institutning Axborot resurs markazi va o‘quv-laboratoriya binolari tomiga 100 kVtli 190 dona quyosh fotoelektrik panellari o‘rnatildi. Bu quyosh fotoelektirik stansiyalari orqali bir yilda 200 000 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va bir yilda 160.00 million so‘m mablag‘ tejaydi.

Bugungi kunda institut bir kunlik elektr energiya iste’moli o‘rtacha 4734 kVtni tashkil qilayotgan bo‘lib, shundan bir soatda 197,25 kVt soat elektr energiya iste’molini ta’minlash quvvati 500 kVtli quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatishni talab etiladi (hududda o‘rtacha quyosh radiatsiyasi 500Vt/m2).

2023-yil mart-may oylarida institut o‘quv-laboratoriya, talabalar turar joylari va ma’muriy binolarning tom qismlariga qo‘shimcha 400 kVt quyosh panellari o‘rnatish hamda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, institut asosiy o‘quv-laboratoriya bino hududidan oqib o‘tuvchi soyning sharsharasiga quvvati bir kunda 120 kVt/soat elektr-energiyasi ishlab chiqaruvchi mikro GES o‘rnatilishi rejalashtirilgan va bu yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida bir yilda 34,560 million so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!