alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA RAQSLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

17:03 24.02.2023

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulotlarga jalb qilish va ularning ayni qobiliyatlarini  rag‘batlantirish ularni yanada ruhlantiradi.

Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari o‘rtasida raqs tanlovi bo‘lib  o‘tdi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib bergan ushbu tanlovda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi X.Qo‘chqorov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Raqslar tanlovida ishtirokchilar  3 ta nominatsiya boʻyicha tayyorlab kelgan raqslari bilan ishtirok etdilar.

Tanlov yakunida qatnashchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra:

Farmatsiya fakulteti – Milliy raqs yoʻnalishida;

Pediatriya fakulteti – Zamonaviy raqs yoʻnalishida

Davolash va Stomatologiya fakultetlari – Boshqa millat raqsi yoʻnalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblar tanlovning maxsus diplomlari bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!