Joriy yilning 14-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida xorijlik mutaxassis ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Nevrologlar maktabining to‘rtinchi xalqaro periferik asab tizimi kasalliklari bo‘yicha “Kranial neyropatiyalar” mavzusida tashkil qilingan anjumanni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng, Ukraina davlatining Ujgorod milliy universiteti Nevrologiya, neyroxirurgiya va psixiatriya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Oros o‘z ma’ruzasini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.
Anjuman qatnashchilari ma’ruzadan so‘ng, mutaxassisdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.