Ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti O‘quv simulyatsiya va attestatsiya markazi direktori, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent U.Usmonov Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan «ROSOMEDning 14-Syezdi» hamda “ROSOMED–2025” xalqaro konferensiyasida institut nomidan faol ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida U.Usmonov plenar yig‘ilishda so‘zga chiqib, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimovning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan samimiy tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.


Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashi qaroriga asosan, tibbiyotda simulyatsion ta’lim sohasida katta hissa qo‘shgan mutaxassislar – ROSOMED Prezidiumi raisi Kolish Aleksandr Lvovich, ROSOMED ekspertlar kengashi a’zosi Chindyasov Aleksandr Yuryevichga “Andijon davlat tibbiyot instituti faxriy professori” faxriy unvoni, diplom hamda ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.


Bugun, 14-oktabr kuni U.Usmonov konferensiyaning seksiyalar yig‘ilishida o‘z ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi, shuningdek, anjuman doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada ham faol qatnashdi.
Ushbu xalqaro darajadagi ishtirok nafaqat institut obro‘sini yana-da yuksaltirdi, balki xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
