Shu kunlarda yurtimizda 25- apreldan 25- maygacha «Fuqaro muhofazasi oyligi” davom etmoqda. Ana shu munosabat bilan 2- may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh xodimlari, institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O‘.Ahmedov, bo‘lim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi xodimlari – mayor H.Razzaqov va instruktor R.Boltaboevlar so‘zga chiqishib, qutqaruv asbob-anjomlari va vositalari bilan talabalar va xodimlarni tanishtirdilar hamda ulardan qay tartibda foydalanish yo‘llarini o‘rgatdilar. Shuningdek, institut hududida ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etdilar.