alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONLIKLAR SALOMATLIK SAYLIDA

11:18 07.04.2023

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun” shiori ostida  andijonliklar uchun “Salomatlik sayli” bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyatimizning tibbiyot muassasalari qatori Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda. Institut rektori M.Madazimov boshchiligidagi 16 mutaxassisliklardan iborat 30 dan ziyod malakali professor-o‘qituvchilarimiz va shifokorlarimiz aholining salomatligini ko‘ruvdan o‘tkazmoqdalar.

UZI, EKG va laborator tekshiruvlar uchun ham barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Tahlillar bo‘yicha bemorlarga kerakli maslahatlar berilmoqda.

Shuningdek, malakali mutaxassislar  tadbir qatnashchilariga sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik bo‘yicha tushunchalar bermoqdalar.

Viloyatimiz aholisi o‘z sog‘ligiga befarq bo‘magan holda saylda ishtirok etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!