“Yosh volontyorlar” koʻngilli yoshlar guruhining safi kundan-kun ortib bormoqda. Aholining tibbiy savodxonligiga oʻz xissasini qoʻshishni istagan talabalar tumanlar boʻylab targʻibot ishlarini olib bormoqdalar. Ularning navbatdagi manzili Asaka tumani boʻldi.
“Muqumiy” hamda “Hamdustlik” MFYlaridagi Muqumiy va Toshkentboyev koʻchalarida yashovchi aholi bilan suhbat olib bordilar. Suhbat davomida talabalar aholiga sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, toʻgʻri ovqatlanish, karantin qoidalariga amal qilish borasida maslahat va tavsiyalar berdilar. Shuningdek, aholining ham mavzu borasidagi fikr-mulohazalari oʻrganilib, ularning ayniqsa, vaksina qabul qilish toʻgʻrisidagi savollariga volontyorlar tomonidan batafsil javob berildi.