AXBOROT RESURS MARKAZI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AXBOROT RESURS MARKAZI

Andijon Davlat tibbiyot instituti Axborot-Resurs Markazi  

kecha va bugun

 

  1. Axborot resurs markazi direktori –  Axmedova Muxtaramxon Sanjarovna

Tug‘ilgan sanasi – 1963 yil 22 yanvar

Ilmiy unvoni – yo‘q.

Telefon raqami- 97-346-72-07

Elektron pochta manzili – adti_arm@mail.ru

Telefon: (0374)-223- 94-69

 

  1. Andijon davlat tibbiyot instituti  kutubxonasi 1955 yil  institut negizida tashkil qilingan.

 

ADTI kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381 – sonli Qaroriga muvofiq Axborot resurs markaziga aylantirilgan.

Kutubxonaga 1955-1965 yillarda  A.K. Kaunbaev, 1965-1969 yillarda L.N.Illek, 1969-1981 yillarda N.I.Eletskaya, 1981-1987 yillarda L.R.Maynakskaya rahbarlik qildilar.

1988 yildan Muxtaram Sanjarovna Ahmedova direktorlik qilib kelmoqda.

 

 

Axborot – Resurs Markazi yangiliklari:

Axborot-resurs markazi ish faoliyatini avtomatlashtirish maqsadida 2024 yil yanvar oyida

“ UniBook  MINI  HF” mustaqil kitob beruvchi uskunasi va IRBIS 64+  dasturi  o‘rnatildi.

ADTI ning asosiy binosida, ADTI Talabalar turar joyida qo‘shimcha o‘quv zallari tashkil etildi. Ushbu o`quv zallarida o‘quv, ilmiy, badiiy va boshqa adabiyotlar va kompyuter jamlamalari bilan ta`minlangan.

  1. Xozirgi kundagi ishchi xodimlar haqida

 

ARMda 30 nafar xodim xizmat ko‘rsatadi.

       Axborot-resurs markazi   5  ta bo‘limdan iborat:

       Direktor o‘rinbosari  Qo‘ldasheva Masturaxon Rayimjonovna

      Ilmiy uslubiy axborot ma’lumotlar va davriy nashrlar bo‘limi

Foydalanuvchilarga axborot – bibliografik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ARM bo‘limlari va shaxobchalarga metodik yordam ko‘rsatadi.

 

O‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatining qaror va farmonlariga, Oliy ta’lim, Fan va inniovatsiya vazirligi, Sog‘likni saqlash vazirligi va kutubxonachilik ishi bo‘yicha yuqori tashkilotlarning boshqaruv materiallarini, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning ilmiy kutubxonasi tomonidan tavsiya etilgan metodik qo‘llanmalarga va boshqa materiallarini, institut buyruqlari, ko‘rsatmalari, tavsiyalari, metodik qo‘llanmalarini ko‘rib chiqib ARMda takomillashtiradi.

  1. Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi

ARM fondi butlashini rejaga asosan to`ldirib boradi.

Axborot resurs markaziga olingan hujjatlarga ilmiy va texnikaviy ishlov berishni (klassifikatsiyalash, kataloglashtirishni) tashkil qiladi. Ularni xisobga olish  daftarida rasmiylashtiradi,  tegishli bo‘limlarga topshiradi. ARM jamg‘armasidan chiqarilgan adabiyotlar va davriy nashrlarni rasmiylashtiradi va ular haqidagi dalolatnomalarni institut hisobxonasiga topshiradi.

 

  1. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi (abonementlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda)

 

Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishi, axborot ishlari, ko‘rgazmalar va boshqa eng faol va ta’sirchan kitob targ‘iboti tadbirlarining tashkil etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Kitob jamg‘armasini tashkil qilish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish bilan bog‘lik bo‘lgan barcha jarayonlarni bajaradi.

Foydalanuvchilarni so‘rovlarini o‘rganish, ularga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

  1. Elektron axborot resurslar bo‘limi

Bo‘lim ish faoliyatida ARM elektron axborot resurslarining xisobga oladi.

Axborot resurs markaziga yangi olingan adabiyotlarni elektron shakllarini yaratadi va foydalanuvchilarga muntazam berib boradi.

“ UniBook  MINI  HF” mustaqil kitob beruvchi uskunasi va IRBIS 64+  dasturi  orqali talabalarga xizmat ko‘rsatadi, ARM veb-sayt saxifasi orqali ARM yangiliklarini tizimga joylashtirib boradi va EBSCO va Sciencedirect saytlaridan professor-o‘qituvchilarga kerakli resurslarni topib beradi.

  1. Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi

Xorijiy talabalar bilan ish olib boradi, ularga kerakli bo‘lgan xorijiy tildagi adabiyotlarni topib berishda amaliy yordam beradi namunali ish tashkil qilinishini ta’minlaydi.

Chet tillardagi adabiyotlar jamg‘armasini tashkil qilish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish bilan bog‘lik bo‘lgan barcha jarayonlarni bajaradi.

           ARM filiallari: Marxamat tumanida – 1 ta.  ADTI tasarrufidagi Marhamat tumani

shahobchasi  tuman aholisining keng qatlamiga xizmat ko‘rsatadi.

Xozirgi kunda ADTI Axborot resurs markazi kitob fondi:    jami – 27920 nomda 217787 nusxani  tashkil etadi.

Shundan: Ilmiy adabiyotlar  –     16043 nomda 51005 nusxa

O‘quv darsliklar  –       673  nomda 78881 nusxa

O‘quv qo‘llanmalar –   970 nomda 37222 nusxa

Xorijiy adabiyotlar –    287 nomda 2210 nusxa

Badiiy adabiyotlar –     3242 nomda 22860

Boshqa adabiyotlar  –   2439 nomda 13973 nusxa

Elektron resurs  –         114086 nomda.

 

KITOBLARNI  ELEKTRON  RAQAMLASHTIRISH

Foydalanuvchilarga markazdagi elektron resurslar bazasi 114086 nomdani tashkil etadi. Shundan: 57631 nomda o`quv adabiyotlar va 59756 nomda boshqa resurlar mavjud. Internet tezligi 100 mg/b. O‘quv adabiyotlarni elektron shakllarini institut veb saytining “ELEKTRON KUTUBXONA”library.adti.uz” saxifasiga adabiyotlar fanlar kesimida joylashtirib borilmoqda.

“Elektron kutubxona” platformasini ishga tushirishni ta`minlash vazifalari ijrosini ta`minlash maqsadida unilibrary.uz elektron platformasi yaratilgan bo`lib, uning adabiyotlar bo`limiga o`quv adabiyotlarning bibliografik tavsiflari va to`liq matnlari kiritib borilmoqda. Hozirgi kunda jami resurslar soni 222785 tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ishlab chiqilgan catalog.unicat.uz. Respublika yig‘ma elektron katalog bazasida o‘quv adbiyotlarning bibliografik yozuvlarini joylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yil davomida jami 1510 nomdagi o‘quv adbiyotlarning biliografik yozuvlari joylandi.

 

 

 

 

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!