Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Sahovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan Boʻtaqora “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Ushbu tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklaridan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etdi. Koʻruvlar davaomida 345 nafar oʻzgalar yordamiga muhtoj 1-2-guruh, shulardan 20 nafari yotoq, 52 nafari sudralib yuruvchi nogironlarning salomatliklari tekshirildi. Ularga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 98 ta UTT va 102 ta EKG tekshiruvlari olib borildi.