alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BO’SH ISH O’RINLAR YARMARKASI”DA 37 NAFAR TALABA-YOSHLAR BANDLIGI TA’MINLANDI

15:14 24.11.2022

2022-yil 4-mart kuni  Davlatimiz rahbari raisligida “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari” yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.  Unda belgilab berilgan topshiriq va vazifalar ijrosi bo‘yicha institutimizda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Avvalo  “Yoshlar balansi” shakllantirilib, ishlash istagini bildirgan talabalar ro‘yxati tuzilmoqda.

 

 

Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi  hamkorligida “Boʻsh ish oʻrinlari” yarmarkasi oʻtkazildi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor  K.Salohiddinov talabalar bandligini taʼminlash boʻyicha institutda olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib, tadbirni ochib berdi.

 

Shuningdek, mazkur yarmarkada viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga qarashli shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalarida faoliyat yuritib kelayotgan 25 ta davolash muassasalari hamda Sanitariya-epidimiologiya osayishtaligi va jamoat salomatligi xizmatining shahar va tumanlar birlashmalari   oʻzlaridagi mavjud 120 ta, Andijon davlat tibbiyot instituti esa 64 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada 37 nafar talabalarga davolash  muassasalaridagi boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi. Bundan tashqari 25 nafar  talabalarga mehnat qonunchiligi va boshqa masalalar boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.

Bundan tashqari tadbirda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish markazi, Davlat soliq boshqarmasi hamda Davlat mulk qoʻmitasi viloyat boshqarmalaridan vakillar ham ishtirok etib, talabalar bilan davra suhbati va trening ham o’tkazdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!