alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA “SALOMATLIK SAYLI” O‘TKAZILDI

16:00 04.04.2023

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 28-martdagi Respublika hududlarida “Salomatlik sayillari”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 58-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyatining Bo‘ston ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Salomatlik sayli” o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklardan iborat 14 nafar xodimlari ishtirok etib,  salomatligi bo‘yicha 3-4-guruhlarga kiritilgan 223 nafar aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘ruvlar davomida 92 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 12 nafar bemor tuman markaziy shifoxonasiga, 4 nafar bemorga viloyat davolash muassasalarida davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, 22 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Barcha bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Tadbir davomida 67 ta UTT, 64 ta EKG va 114 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazilib natijalari bo‘yicha mutaxassislar maslahati berildi. Malakali mutaxassislar tadbir qatnashchilariga sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik bo‘yicha tushunchalar berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!