1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Аndijon davlat tibbiyot institutining xodimlari tomonidan mehr-sahovat aksiyasi davom etmoqda. Аksiya navbati Davolash fakulteti tashabbusi bilan oʼtkazildi. Fakultetga biriktirilgan “Gumbaz”, “Yangi turmush”. “Shifokor” MFY oʼramida yashovchi “Temir daftari”, “Yoshlar daftari”, “Аyollar daftari”ga kiritilgan hamda nogiron farzandlari bor 80 dan ziyod oilalalardan xabar olindi. Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor B. Аbdullajonov, Davolash fakulteti dekani B. Mamatov, institut xotin-qizlar masalalari boʼyicha kengashi raisi G. Xolmatova va “Yoshlar ittifoqi” institut kengashi faollari tomonidan bolajonlarga oʼquv qurollari va oʼyinchoqlar taqdim etildi.