alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DIABETIK RETINOPATIYANI DAVOLASHDA YANGI UFQLAR: FENOFIBRATGA E’TIBOR” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

11:55 27.04.2023

Joriy yilning 26-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Oftalmologiya kafedrasi va Andijon viloyati Oftalmologlar jamiyati tomonidan tashkillashtirilgan “Diabetik retinopatiyani davolashda yangi ufqlar: fenofibratga e’tibor” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman qandli diabet kasalligini oldini olish va davolash masalalariga bag‘ishlandi. Unda Oftalmologiya kafedrasining xodimlari, tayanch doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va Andijon viloyati oftalmologlari ishtirok etdi.

Anjumanda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Oftalmologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori Nargiza Normatova hamda Avstraliya Melburn universitetining tibbiyot fakulteti dekani, professor Richard O‘Brayen onlayn ma’ruza qildi. Ular qandli diabed kasalligining alomatlari, asoratlarining turlari, kasallik bilan ogʻrigan bemorlarda uzoq muddat qand miqdorining baland turishi natijasida koʻz kasalligi vujudga kelishi, bu esa koʻrish qobiliyatining pasayishiga va xattoki uning yoʻqolishiga ham olib kelishi mumkinligi kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Ma’ruzalarda diabetik retinopatiyani davolashda fenofibratlarni qo‘llash natijalarni yaxshilaganligi, asoratlarni oldini olishda samarali usul ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ma’ruza yuzasidan Andijon viloyati «Oftalmologlar jamiyati»ning raisi Sh.Qodirov va boshqa mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!