Viloyat hokimining topshirigʻiga binoan Paxtaobod tumani Durdiyor mahallasidagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik davom etmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutining 20 nafardan ziyod mutaxassislari aholiga bepul tibbiy xizmat koʻrsatishmoqda. Tibbiy koʻrikka kelgan 435 nafar aholining barchasi tekshiruvdan oʻtkazildi. 1-2-guruhga mansub 17 nafar fuqarolar viloyat tibbiyot muassasalariga yoʻllanma orqali yuborildi.
Shuningdek, aksiya doirasida barcha yoʻnalishdagi mutaxassislar bemorlarga tashxis qoʻyib, kerakli tavsiyalarini berdilar. Ayniqsa, koʻriklar davomida eng soʻnggi texnologik tibbiy apparatlar – UTT, EKG, EXO, flyuorografiya, mammografiya, labarator tekshiruvlari, mobil oftalmolog xizmatining ham yoʻlga qoʻyilganligi mazkur tekshiruvlarga muxtoj fuqarolarimizni yanada xursand qildi.