2020 yilning 19-iyun kuni Irlandiyadagi Qirollik jarrohlik kolleji bilan ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik olib borish bo’yicha onlayn muzokara bo’lib o’tdi.Ushbu masofaviy muloqotda institutning Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i K.Z.Salahiddinov va Irlandiya Qirollik jarrohlik kolleji vakili, professori Oskar Traynor ishtirok etdilar.
Onlayn uchrashuvda bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Muloqot davomida hamkorlik bo’yicha bitim tuzishga qaror qilindi. Xususan, tibbiyot va ta’lim sohasida, akademik va talabalar mobilligi dasturlari bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.