2019- yil 23- yanvar kuni viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti 6-kurs talabalari yarim yillik attestatsiya sinov imtihonlarini topshirdilar.
Bu yerda talabalarning imtihon topshirishlari uchun yetarli barcha shart- sharoitlar yaratib berildi. Talabalar o‘tgan vaqt mobaynida olgan nazariy, amaliy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, yaxshi natijalar ko‘rsatdilar.