2019- yil 2-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi tashabbusi bilan partiyaning “Islohotlarda faol ishtirok etish –asosiy maqsadimiz” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston “Adolat“ SDP Siyosiy Kengashi rahbariyati, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, viloyat Kengashi a’zolari, partiya ekspertlari va boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari ishtirok etdilar. Tadbirni institut rektori, O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi raisi M.Madazimov ochib berdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi N.Umarov so‘zga chiqib, “Maqsadimiz- islohotlarda O‘zbekiston “Adolat” SDPning faol ishtirokini ta’minlash” mavzusida gapirdi.
Seminarda “Adolat”SDP Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi A.Nazarov “Partiyaning dasturiy maqsadlarini targ‘ib qilishda piar texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risida”, “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari M.Musaeva “Saylovoldi jarayonlarda partiyalararo debatlarni tashkil etish to‘g‘risida”, deputatlik guruhi rahbari Z.Komilova “Xalq bilan bevosita muloqot qilish: ijobiy tajriba va muammolar” mavzusida ma’ruza qildilar.
Mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona islohotlarda O‘zbekiston “Adolat” SDP ning faol ishtirokini ta’minlash hamda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishda partiya va nomzodlar oldidagi dolzarb vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan seminarda partiya faollari, a’zolari tomonidan kelgusida bajariladigan vazifalar xususida kelishib olindi, xalq bilan yaqin bo‘lib, yanada faollikni, mas’uliyatni oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirda institut rektori M.Madazimovning O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi raisi sifatida olib borgan faoliyati alohida e’tirofga loyiqligi ta’kidlanib, “Tashakkurnoma” topshirildi.
Shu kuni “Adolat” SDP Siyosiy Kengash raisi N.Umarov va partiya faollari institut simulyatsion o‘quv markazida bo‘ldilar va bu yerdagi shart-sharoitlar, amaliyot jarayonlari bilan tanishdilar.