Andijon davlat tibbiyot instituti “Ijtimoiy gigiyena va sog`liqni saqlashni boshqarish” kafedrasida kafedra mudiri H.M.Sapioxunova boshchiligida 2019 yil 12-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi “ Jamoat salomatligi” kafedrasi professori X.E.Rustamova tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash tizimida harakatlar strategiyasi” mavzusida onlayn-ma`ruza otkazildi.
Unda professor X.E.Rustamova O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimining harakatlar strategiyasidagi roli haqida tushuncha berdi. Hozirgi kunda tibbiyot sohasidagi islohotlar, qabul qilinayotgan qaror va buyruqlar ijrosi haqida gapirdi.Talabalar ma`ruza so`nggida o`zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblarni oldilar. Tadbir qiziqarli va sermazmun o`tdi.