2019-yil 25- may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov Muhtaram Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning 4-si Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni targ‘ib etishga yo‘naltirilgan tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida shahrimizdagi 2-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
A.Arziqulov mazkur ilm maskani o‘qituvchilari va bitiruvchilarini tabriklab, dildan suhbatlashdi. Ularga yangi badiiy kitoblar va esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.