Diqqat! Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar! – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Diqqat! Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar!

17:03 13.06.2019

Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha komissiya faoliyat boshladi

        Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshchiligidagi Prezident Administratsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Turin Politexnika universiteti, Xalqaro Vestminister universiteti, Singapur Menejmentni rivojlantirish universiteti vakillaridan iborat komissiya Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini doimiy tahlil qilib, mavjud muammolarni bartaraf etishga amaliy yordam ko’rsatish yuzasidan o’z faoliyatini boshladi.
Mazkur komissiya hozirda Andijon viloyatida joylashgan 4 ta OTM faoliyatini tahlil qilish bilan bir qatorda mazkur hududda joylashgan ish beruvchilar bilan ham uchrashuvlar o’tkazib, ularning talab va takliflarini o’rganmoqda. Jumladan, 2019 yilning 12-iyul kuni “Islom Karimov” nomidagi Asaka avtomobil zavodida inspeksiya rahbari Ulug’bek Tashkenbaev boshchiligidagi ishchi guruh hamda Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari(American Councils for International Education)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Keyl Vagner (Keyl Vagner) boshchiligidagi delegatsiya o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Keyl Vagner ayni damda GM Uzbekistan zavodidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan Andijon mashinasozlik instituti talabalarini tizimli ravishda tanishtirish maqsadida amaliyotni aynan zavodning o’zida tashkil etish, GM Uzbekistan – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti – Andijon mashinasozlik institutlari o’rtasida «Uchlik hamkorligi»ni yo’lga qo’yish orqali ta’lim-fan-ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha loyihalar ustida amaliy ishlar boshlanganligi to’g’risida ma’lumot berdi. Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini AQSh universitetlarida, tegishli ishlab chiqarish joylarida malakalarini oshirish bo’yicha dasturlar ishlab chiqilayotganligini tasdiqladi.
   Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
O‘zbekistonda bir qator oliy  ta’lim   muassasasalari  o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
O’zbekistonda OTM reytingini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi 
Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari reytingi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.
Reytingni aniqlash uchun ma’lumotlar 1 fevralgacha vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilinadi.
Inspeksiya har yili may-iyun oylarida quyidagilarni o’tkazadi:
professor-o’qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini aniqlash uchun test;
talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilimini aniqlash uchun nazorat ishlari va ta’lim sifatini o’rganish bo’yicha so’rovnoma.
Reyting natijalari har yili keyingi o’quv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning saytida e’lon qilinadi.
Bu yil beshta universitetga davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topshiriladi.
Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko’ra, O’zbekistondagi 5ta OTM uchun hujjatlarni barcha shahar va tumanlardagi DXMlar orqali topshirish mumkinligi belgilandi. Bular:

  1. Toshkent davlat yuridik universiteti
    2. Qoraqalpoq davlat universiteti
    3. Guliston davlat universiteti
    4. Farg’ona davlat universiteti
    5. Samarqand davlat universiteti

Qayd etish kerakki, joriy yilda davlat xizmatlari markazi orqali barcha OTMlar uchun hujjatlar topshirish mumkinligi, endilikda abiturientlar OTMga borishi shart emasligi, o’z tumanida ham hujjat topshira olishi haqida aytilgandi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikaning har bir tumanida 201ta shunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50dan ortiq shoxobchalari faoliyat ko’rsatmoqda.
DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2ta hujjat so’raladi:
– fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma);
– umumiy o’rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).
Imtiyozga ega bo’lgan abiturientlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.
Test uchun to’lov miqdori kamaytirildi. Abiturientlar endi oliygoh hududida hujjat topshirmaydi.

Skip to content Click to listen highlighted text!