O‘zbek, rus, belarus, qozoq va qirg‘iz yoshlaridan iborat Xalqaro yozgi maktab talabalarining bugungi kuni ham mazmunli va maroqli o‘tdi. Ular viloyatimizning eng xushmanzara va go‘zal shahri Xonobodga tashrif buyurdilar.
Talabalar Xonobod shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar. Bu maskanning xushhavosidan bahra olib, betakror va so‘lim tabiat qo‘ynida miriqib dam oldilar.
Shuningdek, talabalar bu yerda “Qon ketganda birinchi yordam ko‘rsatish”, “Turli hasharotlar chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish” mavzularida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashdilar va bu boradagi amaliy ko‘nikmalarini oshirdilar.
Xonobod dam olish maskaniga uyushtirilgan sayohat mehmon-talabalarda katta taassurot qoldirdi.