Bugun, 21- iyun kuni xalqaro yozgi maktab talabalari Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv simulyatsion markazida bo‘ldilar.
Belarus davlati Gomel davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasi I.M.Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Akto‘be shahridagi M.Ospanov nomli G‘arbiy- Qozog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti, Toshkent Farmatsevtika instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot institutining jami 12 nafar talabasi simulyatsion markazda o‘tgan kunlar mobaynida o‘rganilgan barcha amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linib musobaqalashdilar.
Ular Yurak-o‘pka reanimatsiyasi, turli jarohatlar va qon ketish, Elektrotravma hamda Krash-sindromi bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini qay darajada ekanligini namoyon etdilar.
Musobaqalar o‘zaro hamjihatlik va faollikda, do‘stona va qiziqarli tarzda o‘tkazildi.