2019 yil 7 avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan e’lon qilgan beshta muhim tashabbusidan ikkinchisi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, institut reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari, sportchi-yoshlar, talabalar va mahalla yoshlari ishtirok etdilar.
Anjuman ishini ADTI rektori M.Madazimov ochib, institutda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ularning yoshlar kamolotidagi o‘rni to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, institut matbuot kotibi R. Hayitboeva so‘z olib, institutda 2-tashabbus bo‘yicha tashkil etilayotgan ommaviy sport tadbirlari, talabalar almashinuvlari, yozgi maktab, yozgi o‘quv amaliyotiga jalb etilgan xorijiy oliy o‘quv yurti talabalarining sport tadbirlariga jalb etilishi, shuningdek, ADTI professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda mahalladagi uyushmagan yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida gapirib o‘tdi.
Anjumanda, shuningdek, institut reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari, sportchi talabalari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Anjumanda ishtirok etayotgan jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.
Tadbir davomida sportchilarning erishayotgan yutuqlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. ADTI reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi xodimlari va talaba-yoshlar tomonidan tashkil etilayotgan sport tadbirlari va undagi faol ishtiroklari, shuningdek, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Anjuman so‘ngida yosh sportchilar o‘zlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar uchun institut ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.