Murabbiylar kengashi. Kun mavzusi: talabalar turar joylarida yashovchi talablar bilan ishlash – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Murabbiylar kengashi. Kun mavzusi: talabalar turar joylarida yashovchi talablar bilan ishlash

17:36 03.09.2019

“Kitob o‘qigan talabadan yomonlik chiqmaydi”, – dedi Andijon davlat tibbiyot instituti “Murabbiylar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishini olib borgan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Abdupatto Asxanov. “Shuning uchun ham har bir talabani kitob bilan oshno qilishga, nafaqat ilmiy balki, badiiy adabiyotga ham mehrini oshirishga ko‘maklashmog‘imiz zarur”, – dedi prorektor o‘z so‘zi davomida. Shu maqsadda kengash yig‘ilishida  yangi 2019/2020 o‘quv yili mobaynida “Eng faol, bilimdon kitobxon” ko‘rik-tanlovining o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Mazkur tanlovni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan metodik qo‘llanma asosida har bir guruhda o‘tkazilishiga, tanlovda talabalarning faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

“Murabbiylar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga murabbiylarning o‘tgan o‘quv yilidagi faoliyatini tahlil qilish, yangi guruhlarga murabbiylarni taqsimlash, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, davolash fakulteti “Murabbiylar kengashi” raisini saylash kabi masalalar qo‘yildi.

Yig‘ilish davomida talabalar turar joylari hamda ijara uylarda turuvchi talabalarning yashash sharoiti, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganligini nazorat qilish, “Murabbiylik soati”ni o‘tkazish, Prezidetimiz tomonidan taklif etilgan 5 tashabbus ijrosini ta’minlash kabi masalalar keng muhokama qilindi. Talabalar haqidagi ma’lumotlarni, talabalar turar joyidagi “Xona daftari”ni to‘ldirish, talabalarning teatr, muzeylarga tashrifini uyushtirish, ota-onalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi.
Yig‘ilishda “Murabbiylar kengashi” raisi A.Arzibekov me’yoriy hujjatlarni to‘ldirish, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.A.Jo‘rayeva talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarida hunar o‘rgatish, foydali ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Murabbiylar ko‘rilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, qiziqtirgan savollariga to‘la javoblar oldilar.
“Murabbiylar kengashi” yig‘ilishining yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

Odiljon KARIMOV,

ADTI matbuot kotibi

Skip to content Click to listen highlighted text!