O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maksadida joriy yil 9 oktyabr kuni Andijon Davlat tibbiyot institutining jarrohlik va urologiya, anesteziologiya-reanimatologiya kafedralari bazalarida maharot darsi o‘tkazildi.
Maharot darsini Ukraina Milliy diplomdan keyingi ta’lim Tibbiyot Akademiyasi urologiya va nefrologiya kafedrasi dotsenti, Ukraina urologlar va nefrologlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Kushnirenko Stella Viktorovna o‘tkazdi. Mahorat darsi davomida Kushnirenko Stella Viktorovna urologik kasallarni ko‘rikdan o‘tkazdi, davolash jarayoni bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Xorijlik mutaxassis ishtirokidagi mahorat darsida institutning 4-, 5-, 6-kurs talabalari, kafedralarning magistr va klinik ordinatorlari, ADTI jarrohlik va uroliya, anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi xodimlari, ADTI klinikasi shifokorlari, RShTYoIM AF shifokorlari, viloyat davolash profilaktika muassasalari shifokorlari qatnashdilar.
Azizbek Abdullayev,
ADTI anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi assistenti