Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri R.R.Raimjonov va kafedra assistenti N.A.Karimqulovlar 2019-yil 21-noyabr kuni Janubiy Koreyaning Seul shahriga yetib keldilar. Ular Janubiy Koreyaning eng nufuzli 3 ta unversitetidan biri bo’lgan YONSEY unversitetining stomatologiya fakultetiga tashrif buyirdilar
Shuningdek YONSEY unversitetining stomatologiya klinikasini borib ko’rdilar. Hususan Ortopedik stomatologiya, dental implantologiya, og’iz va yuz jag’ jarrohligi, bolalar stomatologiyasi, ortodontiya, periodontologiya, yuz jag’ radiologiyasi, konservativ stomatologiya kafedralariga, markaziy dental laboratoriya va talabalar poliklinikasiga tashrif buyurildi.
U yerdagi professor-o’qituvchilar bilan suhbat olib borildi. Ayniqsa Ortopedik stomatologiya kafedrasi professori Keun Vu Li va Markaziy stomatologik laboratoriyaning mudiri professor Ji Hvan Kim bilan muzokaralar samarali bo’ldi. Unga ko’ra ADTI da integral maruzalar tashkil etish to’g’risida kelishib olindi. Shuningdek talabalarni amaliyot o’tashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Delegatsiyaning Seulga tashrifi davom etmoqda.