Andijon davlat tibbiyot instituti Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasida dotsent R.A.Xakimova tomonidan davolash fakulteti 421-, 422-, 423-, 412- va 413-guruh talabalari uchun rus tilida “Диссеминированный туберкулёз, виды, течение, диагностика и осложнения” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruza taqdimot shaklida, rus tilida, sodda va tushunarli tarzda tinglovchilarga etkazib berildi. Ma’ruzachi tarqoq tuberkulyozning kechish xususiyatlari, klinik ko‘rinishlari, oqibat natijalari va asoratlarini namoyon etgan slaydlardan foydalangan holda yuqori mahorat bilan namoyish etdi.
Ochiq ma’ruza yakunida talabalar ishtirokida “Baliq ovi” interfaol o‘yini o‘tkazildi. O‘yinda tinglovchilar faol ishtirok etdilar.