Jahon otin Uvaysiy nafaqat o’z g’azallari va chistonlari, balki butun hayoti bilan o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan shoira.
Andijon davlat tibbiyot instituti Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi tashabbusi bilan Jahon otin Uvaysiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Uvaysiy – ma’naviy jasorat timsoli” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni kafedra mudiri R.R.Rahmonov ochar ekan, o‘zbek ayolining ma’naviyati butun dunyo xalqlariga ibrat ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Pediatriya fakulteti 104-gurux talabalari tomonidan tayyorlangan tadbir Uvaysiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan video taqdimot bilan boshlandi.
Shundan so‘ng Uvaysiy qalamiga mansub g’azallar o‘qildi. Go’zal raqs, dilbar qo‘shiq davraga yanada fayz berdi.
Uvaysiy va Nodira hayotidan olingan sahna ko’rinishi barchaga manzur bo‘ldi.
“Uvaysiy – ma’naviy jasorat timsoli” mavzusida adabiy-badiiy tadbir talabalarni adabiyot, san’atga oshno etishi bilan birga o‘zbek ayoliga bo‘lgan yuksak hurmatni kichik bir ko‘rinishi bo‘ldi.
Nodiraxon Umarova ,
ADTI Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’uli