Andijon davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va HDJ kafedra professori Yo’ldashali Sulaymonovich Egamov Qo‘shtepa tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda Qo’shtepa Xalq ta’limi bo’limi mudiri O.Dehqonov, Oqtepa vrachlik punkti bosh vrachi M.Yusupova, maktab pedagog hodimlari va yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.
Seminar tarzida o’tgan uchrashuvda professor Yo’ldashali Egamov so’zga chiqib barcha seminar ishtirokchilariga Andijon davlat tibbiyot instituti haqida ma’lumot berib o’tdi. Shundan so’ng o’zining hayot yo’li olib borgan ish faoliyati, O’zbekiston va xalqaro darajadagi konferensiyalar haqida so’zlab berdi va ba’zi tibbiyotga oid bilimlar hamda tajribalar, kasalliklar va uni davolash yo’llari bilan tanishtirib o’tdi.
Shundan so’ng o’qituvchi va o’quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Samimiy uchrashuv barchaga manzur bo’di.
Kozimjon Baydullaev,
ADTI pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari