Yurtimiz obod, kunlarimiz farovon. Mana shunday yurtimizga bayramlar yarashadi.
Hammamiz orziqib kutgan bahor kunlarida, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanadi.
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki ular bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.
Gul faslning ilk bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari institut Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda institut ayollarini, talabal qizlarni bayramona – xushovoz xonandalar ijrosida jonli qo’shiqlar, musiqlar sadosi ostida, gullar, esdalik sovg‘alari bilan kutib olishdi.
Bayramona kutib olish marsimi bayram tadbiriga ulanib ketdi. Institut Ilmiy Kengashlar zalida o‘tgan bayram tadbirida institut rektori, professor M.M.Madazimov institut xotin-qizlarini bayram bilan muborakbod etdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Andijon davlat tibbiyot instituti ayollari o‘zlarining mashaqqatli mehnatlari bilan alohida e’tirofga loyiq.
Bugungi kunda O‘zbekistonni yanada rivojlanishida opa-singillarimizning beqiyos hissalari katta. Buning uchun ularga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta.
O‘nlab opa-singillarimiz “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston fan arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor” singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlariga, orden va medallariga sazovor bo‘lgan. Ularning orasida Andijon davlat tibbiyot instituti ayollarining ham borligi institut jamoasi uchun alohida faxrlanishga arziydi.
Bayram arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollar uyushmasi tomonidan yurtimizning iqtidorli xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innavatsion loyihasi” uchinchi respublika tanlovining respublika bosqichida institutimizning gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n. Xurmatxon Qamchievna Xankeldieva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bayram tadbirida iqtidori talaba qizlar, institutning ilmiy, pedagogik faoliyatida fidoiylik bilan mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar esdalik sovg‘alari bilan tadirlandilar.
Iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy bayram dasturi kechaga fayz bag‘ishladi.
Ayollarimizning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.
Aziz opa-singillar, doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida, oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar!
ADTI axborot xizmati