Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasi katta o’qituvchisi R.Q.Mo’minovning “Alkogolizm. Giyohvandlik va toksikomaniya” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Unda davolash fakultetining 521-, 522-, 523-guruh talabalari ishtirok etdi.
Ochiq maruzada bugungi kunda zamonaviy psixiatriya vа narkologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo’lgan alkogolizm, giyohvandlik va toksikomaniya xastaligi haqida so’z yuritildi. Ushbu kasalliklarnning o’ziga xos klinik belgilari, kechish xususiyatlari va oqibatlari ma’ruzachi tomonidan keng yoritib berildi.
Ochiq ma’ruza qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o’tdi