Yoshlarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi maqola” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning fakultet va institut bosqichlari g‘oliblari munosib rag‘batlantiriladi va g‘oliblarning ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar topshiriladi.
Tanlovning institut bosqichi g‘oliblarining ijodiy ishlari o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriligi tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etiladi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi maqola” tanloviga maqolalar topshirish yuzasidan fakultetlarning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga hamda ADTI qoshidagi “Tibbiyot gulshani” gazetasi tahrirriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.
ADTI yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi