Shartnomaviy reja asosida, Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi konsultativ-metodik neyroxirurgiya markaziga Rossiya Federatsiyasi akademik N.N.Burdenko nomli Neyroxirurgiya milliy tibbiy ilmiy markazidan yetakchi mutaxassisi, «Вопросы нейрохирургии» jurnali muharriri A.V.Kozlov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida 5-kurs pediatriya fakulteti talabalariga Neyroxirurgiya fanidan namunaviy rejada ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha o‘quv-ilmiy ma’ruzalar o‘qib berdi.
Shuningdek. tashrif davomida 26 dan ortiq bemorlarni beminnat, yuqori malakali ko‘rikdan o‘tkazdi. 3 nafar bemorda ko‘rgazmali operatsiyalar bajardi. Talabalar xorijlik mutaxassis bilan muloqot davomida o‘zlarini qiziqtigan saolarga batafsil javoblar olishdi.
K.A.Quldashyev
ADTI qoshidagi
Neyroxirurgiya konsultativ
Metodik markazi koordinatori, dotsent