Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida joriy yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda
Institut hududi va institut atrofidagi yo‘laklar, gulzorlar tartibga keltirildi, darahtlarga shakl berildi, darahtlar, yo‘lakchalar, ariqchalar qirg‘oqlari oqlandi. Keng ko‘lamli tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Institutning 2-o‘quv binosi, Talabalar turar joyida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda.
ADTI axborot xizmati