Prezidentimiz tashabbusi bilan startap loyihalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Andijon uchun 2 mlrd so’m miqdorida mablag’ ajratildi.
Yoshlar Ittifoqi qoshidagi “Yoshlar Kelajagimiz” jamg’armasi O’zbekiston yoshlar tadbirkorligni qo’llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda yangi biznes va startaplarni qo’llab-quvvatlovchi “Unicorns” nomli loyihani ommaga taqdim etmoqda.
Loyihaga Prezidentning joriy yilning may oyidagi Andijon viloyatiga tashrifi davomida kiritilgan taklif doirasida asos solinmoqda. “Unicorns” loyihasi istiqbolli yosh startapchilarni qo’llab-quvvatlashi ko’zda tutilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi O’zbekistondagi tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish, hamda yurtimizdagi ilk yakkashoh-startaplarni, ya’ni, 5 yil ichida $1 mlrd yoki undan ziyod qiymatga erisha oladigan startaplarni yaratishdir.
Loyihani birinchi bosqichini amalga oshirish uchun 2 mlrd so’m miqdorida mablag’ ajratilgan. Loyiha joriy yilning 10-iyun sanasida start oldi. Asosiy ishchi hudud sifatida Andijon viloyati tanlandi.
“Unicorns” loyihasida barcha 35 yoshgacha bo’lgan Andijon viloyatining ko’ngilli tadbirkorlari va startapchilari qatnashishlari mumkin.
Ma’lumot uchun:
ADTI Startap jamoasi
yetakchisi Abdurauf Abdurashidov
+998941027707