2018-yil 5-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institute klinikasi 9-blok konferensiya zalida Andijon davlat tibbiyot institute Jarrohlik stomatologiya kafedrasi va Dog’iston davlat tibbiyot universiteti Jarrohlik stomatologiya va yuz-jag’ jarrohligi kafedralari o’zaro, masofaviy ta’lim texnologiyasini joriy etish maqsadida, Dog’iston davlat tibbiyot universiteti Jarrohlik stomatologiya va yuz-jag’ jarrohligi kafedrasi dotsenti Xasan Aliyevich O’rdashevlar tomonidan“ Amaliyotchi sialogning kun tartibi” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi. Ma`ruzada Dog’iston davlat tibbiyot universiteti o`quvishlari bo`yicha prorektor R.K.Shahbanov, stomatologiya fakulteti dekani T.A. Abakarovva stomatologiya fakulteti talabalari ishtirok etdilar.
Dog’iston davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakulteti dekani T.A. Abakarov tomonidan “Stomatologiyada intraoral kamera qo’llanilishi” mavzusida mahorat darsi o`tkazildi. O`tkazilgan tadbirda stomatologiya dekani D.Sh.To`lanov , “Jarrohlik stomatologiya” kafedrasi xodimlari va stomatologiya fakulteti talabalari ma’ruzani yuqori qizqish bilan tingladilar.
Kelgusida har ikki oliygoh aloqalari bardavom bo`lishini taminlashga kelishib oldilar.