2018-yil 5-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti 1- 2- akusherlik ginekologiya kafedrasi hamkorligida rossiyalik olim tibbiyot fanlari doktori professor Shaxova Marina Aleksandrovna ishtirokida <<Ayollar va erkaklar bepushtligini davolashga zamonaviy yondashuv>> mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi.
Anjumanda yuqoridagi kafedralar professor-o`qituvchilari, magistratura va klinik ordinatura talabalari, hamda Farg`ona vodiysidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan akusher-ginekologlar qatnashdilar.