2020/2021 o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjat topshiruvchi shifokorlar !
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 190-sonli buyrug‘i asosan Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitida 2020/2021 o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda institutning rasmiy veb-saytining ko.adti.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar 22 avgust sanasigacha qabul qilinadi.
Quyidagi hujjatlar PDF shaklida topshiriladi:
- Institut rektori nomiga klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi arizasi.
- Passport doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan beti bilan.
- Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom va uning baxolar ilovasi
- Mehnat daftarchasining xar bir beti.
Chet el va Mustaqil Davlatlar Hamdustligi mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarini o‘qib bitirgan shifokorlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan diplomga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan nostrifikatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ham topshirilishi so‘raladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasidagi ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq 2019 yil 30 may sanasidan so’ng tugatgan bitiruvchilar, va dunyoning top 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasasalari bundan mustasno.
Hurmatli klinik ordinaturaga hujjat topshiruvchi shifokorlar !
Klinik ordinatura (rezidentura)ga 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun ma’lumotlarni onlayn tarzda qayd etish jarayonida hujjatlarni qalbakilashtirish va noto‘g‘ri rasmiylashtirish holatlariga yo‘l qo‘ysangiz, kirish imtixonlaridan ijobiy natijalarga ega bo‘lgan taqdirda ham o‘qishdan chetlashtirilishingiz haqida ogohlantiramiz.
Qabul hayati