Bu yil tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘ umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qilib kelayotgan asosiy Qomusimizning 28 yilligini nishonlamoqdamiz.
Mazkur sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida nevrologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Qomusim – baxtim mening” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda nevrologiya kafedrasi mudiri, dotsent U.Abduqodirov, shu kafedra assistenti N.Qayuumovalar Konstitutsiyamizda xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilganligi, uning bo‘lim, bob, moddalari yuzasidan ma’ruza qildilar.
Tadbirda davolash fakultetining 501-guruh talabalari faol ishtirok etishdi. Talabalar adabiy-badiiy chiqishlari bilan Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbir mazmunli va qiziqarli o‘tdi.
M.Sotvoldiyev,
ADTI 2-kurs magistiri