Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida sport- sog’lomlashtirish kunlari mazmunli tashkil etilmoqda.
23- aprel kuni pediatriya fakultetining Bolalar jarrohligi va anesteziologiya- reanimatologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari va xodimlari institut sport zaliga tashrif buyurdilar.
Shu kuni ular sportning stol tennisi, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka turlari bilan shug’ullandilar va mashg’ulotlarda faol qatnashib, bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazdilar.