Institut rektorining 2019- yil 6- fevraldagi Andijon davlat tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha jadvaliga binoan, joriy yilning 15- fevral kuni ADTI rektori M.Madazimov, prorektorlar, barcha fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasining sport zaliga tashrif buyurdilar. Shu kuni ular sportning shaxmat- shashka, stol tennisi turlari bo’yicha shug’ullanishib, mashg’ulotlar davomida o’zaro bellashdilar.
Shuningdek, trenajyor zalida bo’lishib, og‘ir atletika va sog‘lomlashtirish mashqlarini katta ishtiyoq bilan bajardilar.
Sport – salomatlik garovi ekanligini chin dildan his etishib, o’zlarining bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazdilar va miriqib dam oldilar.